Get Mystery Box with random crypto!

Bir kishi so‘kinsa, odamlarga oddiy tuyuladi. Lekin u kishini | Hodiyev blogs

Bir kishi so‘kinsa, odamlarga oddiy tuyuladi.
Lekin u kishini ustida oq xalat bo‘lsachi?
"Shifokorlarning og‘zi buzuq", degan gap tarqaladi.

Bir kishi qo‘pol bo‘lishi mumkin.
Bunda oddiy qaraladi.
Lekin u kishining ustida militsiya formasi bo‘lsachi? "Militsiyaning hammasi qo‘pol" degan tasavvur paydo bo‘ladi.

Shuning uchun, dindor qadrdonlarga eslatma:

- Agar siz xijobda bo‘lsangiz, yomon so‘z aytmang.
- Siz do‘ppi kiyib, soqol qo‘ygandirsiz. Bu sizni haqqingiz. Lekin qo‘pollik qilmang. Din - axloqdir.
- Agar siz imomlik qilsangiz, bu payg‘ambarimizdan meros. Lekin hikmatsiz aytgan gapingiz uchun boshqa imomlar malomatga qolishini unutmang.

@Hodiyev