Get Mystery Box with random crypto!

​​​'Yangi Sovuq urush' yoxud Xitoy strategiyasi “Amerikaning | Tarix va Geosiyosat

​​"Yangi Sovuq urush" yoxud Xitoy strategiyasi

“Amerikaning mintaqadagi kuchini shu darajada tanazzulga uchratish kerakki, zaiflashgan Amerika mintaqadagi Xitoyni oʻz ittifoqchisiga aylantirish zarurligini va vaqt oʻtishi bilan jahonning nufuzli davlatiga aylangan Xitoyga sherik boʻlishini his qilsin. Bu maqsadni Amerika-Yaponiya ittifoqining mudofaa koʻlamini kengaytirishga turtki bermasdan yoki Amerikaning mintaqadagi taʼsirini yaponlarga almashtirishga undamaydigan tarzda amalga oshirish kerak”.

Mohir strateg Sun Szi tomonidan aytilgan ushbu fikrlar bugungi Xitoy strategiyasining mohiyatini aks ettiradi. Bayden va Si Szinpinning G20 sammitidagi bevosita uchrashuvi dunyoning ikki gigant iqtisodi o'rtasida o'zaro yaqinlik yoinki raqobat uchun turtki berishi mumkin. Bu uchrashuvda shubhasiz, jahon iqtisodiy holati, Tayvan muammosi, Ukrainaga Rossiyaning bosqini, Osiyo-Tinch okeanidagi geosiyosiy vaziyat va boshqa dolzarb masalalar muhokama etildi. XXI asr boshlarida ko'p qutbli dunyo tarafdori bo'lgan Xitoyning amaldagi yetakchisi Si Szinpin bugunga kelib ikki qutbli dunyo haqida so'z ochmoqda. Bu shuni anglatadiki, jahon tartibotidagi Katta o'yinda Rossiyaning o'rnini endi Xitoy egallashi va Amerika bilan raqobat qilishga qodir kuch bo'la olishi mumkin. Xitoy tomonidan shunday geosiyosiy strategiyaning ilgari surilishi va amalga oshirilishi toʻgʻridan-toʻgʻri AQShga qaratilgan yurish hisoblanadi. Buni hattoki Amerikaning yuqori rutbali rahbarlari ham bot-bot aytib kelmoqda. Jumladan, Amerika sobiq Davlat kotibi (sobiq MRB direktori) Maykl Pompeoning “Washington Free Beacon” nashriga bergan intervyusida bildirgan fikrlari diqqatga sazovor: “Qoʻshma Shtatlarning xalqaro sahnadagi asosiy raqibi Rossiya yoki Eron emas, balki Xitoydir. Oʻylashimcha, yuqoridagi uchta davlatdan faqat Xitoy oʻrta va uzoq istiqbolda Amerikaga raqobat qila oladigan potensialga ega”. Amerikaliklarning ushbu xavotiri asosli. Zeroki, ayrim raqamlar Xitoy foydasiga o'zgarmoqda. Masalan, MRBning “World Factbook” nashri statistikasi koʻra, Xitoy 2017-yilda eksport qiluvchi mamlakatlar orasida Yevropa Itifoqi va AQShni ortda qoldirib, peshqadamlikni qoʻlga olgan. Jahon banki tomonidan keltirib oʻtilgan maʼlumotlarda esa, 1961-yilda iqtisodiyoti qoloq koʻrsatkich ega boʻlgan Xitoy 2013-yilga kelib eksport boʻyicha birinchi oʻrinni umuman qoʻldan boy bermagan Amerikani  quvib oʻtishga muvaffaq boʻlgan yagona davlat boʻldi. Hozirgi vaqtda ham Xitoy ushbu koʻrsatkich boʻyicha AQShni ortda qoldirmoqda.

Bu ikki gigant "urushi"ni "Yangi Sovuq urush" deya baholash mumkin. Faqat bu poygada XX asrda bo'lgani singari harbiy qudrat omili emas, balki dunyo iqtisodini egallash uchun kurash ustuvorlik kasb etadi. Tahlillar Chin o'lkasi dunyo tartibotida yetakchilik qilish da'volarini tobora kengaytirayotganidan dalolat beradi.

@HistoryGeoPolitico