Get Mystery Box with random crypto!

​​Diktatura yoki demokratiya? Kaddafi nega oʻldirilgan?! Quyi | Tarix va Geosiyosat

​​Diktatura yoki demokratiya?
Kaddafi nega oʻldirilgan?!

Quyidagilar hattoki rivojlangan davlatlarni ham hayratga soladi:

Liviyada elektr toʻlovi va elektr energiyasi barcha fuqarolar uchun bepul bo‘lgan;

Kreditlar boʻyicha foiz stavkasi mavjud bo‘lmagan, banklar davlat mulki hisoblangan hamda fuqarolarga beriladigan kreditlar qonun boʻyicha 0% bo‘lgan;

Kaddafiy Liviyada barcha aholi oʻz uyiga ega boʻlmaguncha, oʻz ota-onasiga uy berilmasligiga vaʼda bergan. Kaddafiyning otasi uning boshqaruvi davrida chodirda vafot etgan;

Liviyada barcha yangi turmush qurganlar o‘z kvartirasini sotib olib, oila qurish uchun hukumatdan 60 ming dinor olishgan;

Liviyada taʼlim va davolanish bepul edi. Kaddafiy boshqaruviga qadar aholining atigi 25% yoza olardi, uning rahbarligi davrida esa 83%i savodga ega bo‘lgan;

Agar liviyaliklar fermada yashashni xohlasalar, ular bepul texnika, uy-joy, urug'lik va chorva mollariga ega bo'lishardi;

Agar sizni Liviyada davolay olishmasa, hukumat sizni xorijda davolanishingiz uchun 2300 dollar va qo‘shimcha turar joy bergan;

Agar Liviya fuqarosi mashina sotib olsa, davlat narxning 50% ini moliyalashtirgan;

Benzin narxi litri uchun 0,14 dollarni tashkil qilgan;

Liviyaning tashqi qarzi bo‘lmagan, zaxiralari esa 150 milliard dollarni tashkil qilardi (hozir muzlatilgan).

Baʼzi liviyaliklar maktabdan keyin ishga kira olmasdi, shuning uchun davlat oʻrtacha maoshni kasbi boʻyicha toʻlardi, goʻyoki ular oʻz kasb-hunariga ega boʻlguncha davlat qaramogʻida edilar;

Liviya nefti savdosining bir qismi toʻgʻridan-toʻgʻri barcha fuqarolarning bank hisob raqamlariga bogʻliq bo‘lgan;

Bola dunyoga keltirgan ona uchun 5000 dollar berilgan;

40 ta nonning narxi 0,15 dollar bo‘lgan;

Liviyaliklarning 25% Ilissaning barcha diplomlariga ega bo‘lgan;

Kaddafiy butun choʻl mamlakatini suv bilan taʼminlash uchun "Buyuk inson loyihasi" deb nomlanuvchi dunyodagi eng yirik irrigatsion loyihani amalga oshirishga kirishgan;

Bunday sharoit va imkoniyatlarni baʼzilarini hattoki amerikaliklar ham orzu qilsa kerak. Liviyadek davlat bugun iqtisodiy, ijtimoiy hamda siyosiy tanazzul yoqasida turibdi.

Kaddafiy boshqaruvini diktatura degan tashqi kuchlar va dunyoning inson huquqlari jarchilari bugun Liviyada ovozlari ham chiqmay qolgan. Bunday voqeliklar "Sharq demokratiyasi" degan atama bejiz ishlatilmaganligini isbotlaydi.

Agar bu “diktatura” deb atalsa, qiziq, demokratiya qanday bo‘lar ekan?!

@HistoryGeoPolitico