Get Mystery Box with random crypto!

Tarixchilarcha tabrik! Kirib kelayotgan 2023-yilda sog’ligingi | Tarix va Geosiyosat

Tarixchilarcha tabrik!
Kirib kelayotgan 2023-yilda sog’ligingiz Misr ehromlaridek mustahkam,
Umringiz Buyuk Xitoy devoridan ham uzun va koranavirusdan himoyada bo’lsin (xunnlardan himoya qilgani kabi),
Qadringiz Eyfel minorasidan ham baland,
Har bir o’tgan lahzangiz Tojmahal va Parfenon kabi go’zal va har xil tusda tovlanadigan, bo'lsin
Eng asosiysi Sin Shi Xuandi maqbarasidek joningiz yer ostidan ham bus-butun chiqadigan bo’lsin.
Shuningdek baxt va omad giyohingizni Gilgamishnikidek o’g’irlab ketishmasin.
Ilmingiz Behistun yozuvlaridek toshga bitilganidek xotirangizga bitilsin!

@HistoryGeopolitico