Get Mystery Box with random crypto!

Qizil josus. 1940-yili, Leon Trotskiy Mexikodagi o'z xonasida | HISTORY

Qizil josus.

1940-yili, Leon Trotskiy Mexikodagi o'z xonasida Ramon Merkader nomli insonni qabul qildi. Trotskiy uning olib kelgan qog'ozlarini titkilayotganida, Ramon alpinistlar cho'kichi bilan Stalinning eng katta raqibining miyasini mo'ljalladi....
Baqir-chaqir boshlanishi ila Ramon qochdi. Soqchilar uni otmoqchi bo'lsa-da, qon ketayotgan boshini ushlab olgan Trotskiy ularni to'xtatib qoldi. Ramonni tez orada ushlab, sud qilishdi. 20 yil berishdi. Trotskiy esa 1 sutkagina yashadi xolos.
Vazifa bajarildi. Kommunist irodasini namoyon qilib, bekam-u ko'st xojasining raqibini yanchdi va 1960-yil qamoqdan chiqdi.
SSSR da uni iliq kutib oldilar. 4 xonali kvartira va "Sovet Ittifoqi qahramoni" unvonini berishdi. Keyinroq esa Fidel Kastro hukumatiga yuborishdi.
Bir qotil bir sovet yo'qsili yillab erisha olmaydigan darajadan ham o'tib ketdi.
Merkader 1978-yil o'ldi. Uni sovetsevarlar qahramon, antisovetchilar qotil va dohiyning laychasi sifatida eslashadi.

@historicallife