Get Mystery Box with random crypto!

Turk qòshiqlarining birining tarjimasini kòrsam Yaralarimni b | Deleted memories

Turk qòshiqlarining birining tarjimasini kòrsam
Yaralarimni boğlang degan ma'no chiqdi.
Darhaqiqat yara deganda bir narsa esimga tushdi:Yiqilganinggizda qonagan tizzalaringizni boshqalar kòrmasin.Zero inson qanchalik siniq kòrinarkan u suv yòqasida bòlasada odamlar naznida u chòkmoqda.Dardlarini hamma bilan muhokama qiladigan odam esa òzini òzi chòktirayotganini esga olsin.Musulmonlardan biri aytadi:Qachonlardir hayotni faqat yorqin sahifalarda kòradigan bola edim.Yoshim 18 ga tòlgach turli savdolarni boshimdan kechirdim.Faxshdan saqlanganim uchun ismimni qora qilib ketdi.G'ururimni himoya qilganim uchun uni sindirib ketdi.Haqqimni talab qilib kirdikorlarini fosh qilganimda menga tuxmat qilmoqchi bòlganlar ham bor edi.Alhamdulillah Allohning izni bilan nohaqligini isbotlab berdim.Ismimni tuproqqa qorishtirganlar dard kòrmasin ular bòlmasa men bunchalik kuchli bòlmas edim.Menga xiyonat qilishdi.Ha,òz onamning xiyonatiga uchradim.Oilam parokanda bòlib fayz yôqoldi.Oğir mehnat qilishga majbur bòldim.Avvaliga òzimni xorlangandek sezdim xolbuki shu mehnatga qodir bòlganimning òzi bir ne'mat.Òsha kunlar meni ulģaytirdi.Qavargan qòllarimga qaraganimda shuni angladimki men òzgardim men ulğayibman.Avvalgidek zaif emasman.Shu kungacha biroz sodda,yosh boladek bòlgan bòlsam undan keyin juda tez ulğaydim.

Sizlarga birodarlarimizdan birining hayotini hikoya qilib berdim.Yana shuni aytamanki shunday insonlar bor sochidagi g'ubordan ham shikoyat qiladi.Xolbuki chang tozonlar orasida indamay yashab yurganlar soni sanoqsiz.Mağrur bòling,yoki odamlar sizga qaraganida rahmi kelib,voy bechora deyishlarini hoxlaysizmi?!Albatta siz bechora emassiz.Sizga yordam berguvchi Alloh bor.Shunday ekan unutmang MIRACH CHAĞLI OQTOSH aytganidek HAYOT YUTQAZGAN JOYINGDAN BOSHLANAR YUTQAZGANINGDA EMAS VOZ KECHGANINGDA YENGILASAN

Muallif:Kutubxonachingiz
Bizning sahifa:t.me/Qalbning_ishi_Etiqod