Get Mystery Box with random crypto!

#yangilik #viktorina Diqqat! Diqqat! Viktorina eʼlon qilam | Hilol Test

#yangilik #viktorina

Diqqat! Diqqat! Viktorina eʼlon qilamiz!

«Hilol dasturlari» sahifasida yangi loyiha – viktorinalar oʻtkazishni boshlayapmiz. Loyiha doirasida bir oyda 2 marta viktorina oʻtkaziladi.

Birinchi viktorina shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Amallar niyatga bogʻliqdir» kitobi boʻyicha boʻlib oʻtadi.

Viktorina 20 ta testdan iborat boʻlib, savollar 29-iyul, shanba soat 14:00 da «Hilol dasturlari» sahifasida eʼlon qilinadi.

Namunaviy testlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Tanlovda gʻolib boʻlgan 3 nafar ishtirokchiga hazratimizning oʻgʻillari Ismoil Muhammad Sodiq domla dastxatlari tushirilgan shayx hazratlarining kitoblari va «Hilol eBook» dasturidagi elektron kitoblar hadya qilinadi.

Tanlov shartlari bilan batafsil tanishing

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook