Get Mystery Box with random crypto!

#maʼlumot #tanlov Yakshanba kuni Mavlid oyi munosabati bila | Hilol Test

#maʼlumot #tanlov

Yakshanba kuni Mavlid oyi munosabati bilan oʻtkazilayotgan tanlovning birinchi bosqichi boʻlib oʻtadi

Quyidagi tanlovga oid eng koʻp berilgan savollarga javob berib oʻtamiz:

Tanlovda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish kerakmi?
Yoʻq, hech qayerdan roʻyxatdan oʻtilmaydi, shunchaki qatnashaverasiz

Tanlov shartlari boʻlgan kitob — «Olamlarga rahmat paygʻambar»ning pdf varianti bormi?
Yoʻq. Lekin «Hilol eBook» dasturidan sotib olib, dastur orqali oʻqishingiz mumkin

Tanlov qachon va nechchida boʻladi?
2-oktabr yakshanba kuni 14:00 da boʻlib oʻtadi

Qay tartibda oʻtkaziladi?
Onlayn boʻladi. Yozma savol-javob uslubida boʻladi

Savollar qayerga tashlanadi?
@hiloltest sahifasiga joylanadi

Javoblar qayerga joʻnatiladi?
@mavlidtanlov ga yuboriladi.

Javoblarni qogʻozga yozib, keyin uni rasmga olib joʻnatsa ham boʻladimi?
Ha, boʻladi. Faqat rasm tiniq, biz oʻqib tushuna oladigan qilib joʻnatishingiz tavsiya qilinadi

Javoblarda imlo xatolar boʻlsa, inobatga oʻtadimi?
Yoʻq, inobatga olinadi. Lekin bu degani tushunib boʻlmaydigan darajada yozib yuborsangiz, istisno boʻlishi mumkin

Qoʻshimcha maʼlumotlar:
* Tanlov 3 bosqichdan iborat. Uchala bosqich ham yakshanba kunlari: 2, 9, 16-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi;
* Birinchi bosqichdan 50 ta ishtirokchi keyingi bosqichga oʻtadi. Undan 10 ta ishtirokchi final bosqichda bellashadi;'
* Ikkinchi bosqichda «Olamlarga rahmat payg'ambar» kitobining «Hijrat fasli»dan to kitob oxirigacha bo'lgan joydan savollar beriladi;
* Final bosqichda esa «Shamoilul Muhammadiya» videodarsligining 29, 40, 41, 44, 45-suhbatlaridan savollar beriladi;
* Javoblar yuborilganda tahrirlangan (edit) yoki qayta yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi.

@hiloltest