Get Mystery Box with random crypto!

#mavlid #tanlov Diqqat! Diqqat! Tanlov eʼlon qilamiz! « | Hilol Test

#mavlid #tanlov

Diqqat! Diqqat! Tanlov eʼlon qilamiz!

«Hilol-Test» jamoasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tugʻilgan muborak Rabiʼul-avval oyi munosabati bilan tanlov eʼlon qiladi.

Tanlov «Hadis va hayot» kitobining 19-juzi — «Olamlarga rahmat paygʻambar» kitobi hamda Hasanxon Yahyo Abdulmajid tomonidan sharh qilingan «Shamoilul Muhammadiya» kitobi asosida oʻtkaziladi.

Tanlov shartlari tez orada eʼlon qilinadi, ungacha esa yuqorida keltirilgan kitob va videodarsliklarni tomosha qilib, ilmlaringizni mustahkamlab turishingiz tavsiya qilamiz.

Eslatib oʻtamiz, Rabiʼul-avval oyi 27-sentabrdan boshlanadi (yangi oy chiqishiga qarab, 1-2 kun farq qilishi mumkin).

Tanlov gʻoliblariga beriladigan sovgʻalarimiz:
1-oʻrin:
«Tafsiri Hilol» toʻplami, Qurʼoni Karim, shahodatnoma;
2-oʻrin: «Oltin silsila» – «Sahihul Buxoriy» toʻplami, Qurʼoni Karim, shahodatnoma;
3-oʻrin: «Oltin silsila» – «Sahihi Muslim» toʻplami, Qurʼoni Karim, shahodatnoma.

@hiloltest