Get Mystery Box with random crypto!

#yangilik «Qurʼoni Karim va oʻzbekcha maʼnolar tarjimasi» k | Hilol Nashr _ Navoiy

#yangilik

«Qurʼoni Karim va oʻzbekcha maʼnolar tarjimasi» kitobi qayta nashr qilindi!

Mazkur kitob – kitobxonlarimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olingan «Tafsiri Hilol»ning qisqartirilgan, maxsus nashri boʻlib, unda faqat oyatlarning arabcha matni va uning oʻzbekcha maʼnolarni tarjimasi berilgan. Bu Qurʼoni Karimni tilovat qiluvchilar uchun qiroat davomida oyatlarning mazmuni bilan ham tanishib borish imkonini beradi. Asar muqaddimasida ushbu nashrning oʻziga xos xususiyatlari haqida keng maʼlumot olishingiz mumkin.

Hozirda aksariyat yoshlar maʼlumotlarni lotin alifbosida oʻqiyotganidan kelib chiqsak «Qurʼoni Karim va oʻzbekcha maʼnolar tarjimasi» asari ham aynan lotin alifbosida qayta nashrdan chiqqani yoshlarimiz uchun qulaylik boʻladi, deb umid qilamiz.

Maʼlumot uchun, asar ilk bor 2020-yilning 1-iyun sanasida nashrdan chiqqan edi.

Narxi: 182 000 soʻm

Qur'onga oshiq qalblar shoshiling! Navoiydagi filialimizda sotuvda mavjud.

+998 90 234 43 42
@Hilol_Nashr_Navoiy

@hilolnashr_navoiy