Get Mystery Box with random crypto!

« Ushbu voqeani yozayotganimda avvaliga rosa kuldim. Bir kuni | Hilol Nashr _ Navoiy

« Ushbu voqeani yozayotganimda avvaliga rosa kuldim. Bir kuni yarim kechasi shunchalik qattiq kulibmanki, ovozim turmush o'rtog'imni cho'chitib yuboribdi. Qarasam, eshikdan mo'ralagancha meni kuzatyapti. Nima bo'lganini so'radim.
- Nima bo'lardi, ovozingni eshitib, bu xotin aqldan ozdimi deb o'yladim. Bu kitobning yozuvchisi shunchalik kulayotgan ekan, o'quvchisi nima qiladi? - dedi.
Oradan kunlar o'tib, ayni kitobni yozar ekanman, ko'z yoshlarim shashqator oqayotgan edi. Erim meni bu safar yig'layotgan holimda ko'rdi.
- Alloh, Alloh! Bu qanday kitob o'zi? Juda qiziqib ketyapman. Vallohi, yozishni tugatishing bilan o'qib chiqaman, - dedi qiziqsinib.
Nihoyat, tugadi.
Yillar davomida o'nlab marta, qayta-qayta bosildi.
Endi bir narsani bilgim kelyapti: kitobni qo'lingizga olib o'qishni boshladingiz. Siz ham men kulgan joyda kulib, men yig'lagan joyda yig'larmikinsiz?... »


Muallif Amina Shenliko'g'li o'zining «Dor ostidagi odam» kitobi haqida. 2005-yil, Istanbul.