Get Mystery Box with random crypto!

Hozirgi kunda ko'pchilik beradigan savollardan biri: Turkiyada | Hilol Edu | Rasmiy

Hozirgi kunda ko'pchilik beradigan savollardan biri: Turkiyada o'qib kelsam, diplomim O'zbekistonda o'tadimi? Muammo bo'lmaydimi?

Diplomingiz o'tadi, muammo bo'lmaydi!

Turkiyadagi universitetlarda o'qib olgan diplomingiz O'zbekistonda o'tadi. Faqatgina oldin diplomingizni nostrifikatsiya (tan olish, ekvivalentlik) qildirib olishingiz kerak. Bu qanday bo'ladi?
Nostrifikatsiya 2 usulda bo'ladi:
1. Imtihon bilan
2. Imtihonsiz
Imtihon orqali qildirganda o'zingiz ta'lim olgan yo'nalish bo'yicha imtihon topshirasiz (agar haqiqatdan ham o'qib olgan bo'lsangiz savollarga javob berishda qiynalmaysiz )
Imtihondan talab qilingan natijani olganingizdan so'ng bemalol diplomingiz bilan ishga joylasha olasiz. (Ha aytganday, nostrifikatsiya qildirish uchun eng kam ish haqqining 2 baravar miqdorida to'lov qilishingiz kerak bo'ladi)
Diplom nostrifikatsiyani imtihonsiz ham qilish mumkin. Qanday deysizmi? Bu haqida keyingi postlarimizda ma'lumot berib o'tamiz.
Bizni kuzatishda davom eting!

https://t.me/studyinturkeywithus