Get Mystery Box with random crypto!

-Ali,qalbning yoshi bo’ladimi? -Lara qayerlarga ketding? Bugu | https://t.me/hilolaYussupovaa

-Ali,qalbning yoshi bo’ladimi?

-Lara qayerlarga ketding? Bugun seni shamoldan so’radim Larani ifori ortiq kelmayapti bu bog’da dedim. Uzoqlashibsan hattoki darahtlardan,lola qizg’aldoqlardan. Kelmayapsanmi endi bu bog’ga,Yulduzlardanmi olayapsan yoki iforni,sevgini? Unutdingmi,Alini?

-Hayot raqamlar bilan meni ham jalb qildi,Ali. Ularning ortidan quvdim. Bog’imni esa unutdim. Shunchalar o’ynatadi ba’zan dunyo sonlari,ko’zlaringni ko’r qilar pullarning ifori. Huzurimni topdim deganingda o’ljaga tushasan,chiqishing qiyiin Ali,bu o’lchadan buni hattoki o’zing bilmaysan. Dunyo sonlari meni ham rom qildi bir onga Alim.

-O’ylaymanki,qalbning yoshi bo’lmaydi Lara. U sonni bilmaydi. U raqamlar bilan ishlamaydi. Uning dunyosi boshqa.

-Qalbi yo’qlar bormi bu koinotda Ali?
Ularni qanday taniyman?

-Qalbsizlar bo’lmaydi Lara. Ammo uni eshitmaydiganlar ko’p bu koinotda.

-Ali,chipta ol ketamiz.

-Qayerga?

-Faqat qalblar suhbatlashadigan bir koinotga. Badanni qiynamaydigan joyga. Miyya qalb bilan jang qilmaydigan yerga. Badan qalbni eshitadigan diyorga. Sonlar muhim bo’lmagan bir sayyoraga.

-Lara koinot bu sen. Songa muhimlik beradigan inson bu o’zing. Minglab koinotga borma,agar ongingda raqam bilan bog’liqliging bo’lsa bilki seni u sayyora o’zgartira olmaydi. Sen koinotingni har doim boshqa diyorlarga olib boruvchisan.

………..

“Ali va Lara” kitobidan
Hilola Yussupova.