Get Mystery Box with random crypto!

Rahmat sizga Hilolam Alloh meni qayg'urgan, Allohdan menga | https://t.me/hilolaYussupovaa

Rahmat sizga Hilolam

Alloh meni qayg'urgan,
Allohdan menga sovg'am.
Boringgizga shukurlar,
Rahmat sizga Hilolam.
Hayotdan xafa ko'zlar,
Ko'rdi bu yorug' olam.
Bilminggizga tasanno,
Rahmat sizga Hilolam.
Mo'ltirab qaramoqda,
O'zgarganimga bolam.
Sizni yaxshi ko'raman,
Rahmat sizga Hilolam.
Hayotimni nur bilan,
O'rab oldi bu olam:
Sizni uchratgan kundan,
Rahmat sizga Hilolam.
Qancha qorong'u tunlar,
Yig'laganlarim, nolam.
Qayg'urgan yaratganga,
Rahmat sizga Hilolam.
Ko'zimdagi quvonchdan,
Quvonib yig'lar onam.
Boshingiz omon bo'lsin,
Rahmat sizga Hilolam.
Qovoq uyardi kelin,
Hayron qaynona onam:
Oxiri baxayr bo'lsin.
Rahmat sizga Hilolam.
Qaddi bukik kelinni,
Izlayabdi qaynopam.
Bu tik qad-qomat uchun,
Rahmat sizga Hilolam.
Hayot bog'imda endi,
Unayabdi gul lolam,
Tikonlarni yo'q qilgan.
Rahmat sizga Hilolam.
Ta'rifingizni yozib,
Charchamaydi bu qalam.
Ilhomimni uyg'otgan,
Rahmat sizga Hilolam.
Voy turmushimda xato,
Ekan-ku olam-olam.
Shuni menga anglatgan,
Rahmat sizga Hilolam.

@hilolayussupova