Get Mystery Box with random crypto!

Nafratlanar edim oila qurishdan. Oilada 3 farzand edik. Eng k | https://t.me/hilolaYussupovaa

Nafratlanar edim oila qurishdan.

Oilada 3 farzand edik. Eng kenjasi man. 16 yoshimdan boshlab Yevropada o’qishni hayol qilar,orzular haritalari chizar edim. Derdimki bir kuni man dunyo taniydigan psiholog bo’laman.

16 yoshimdan sovchilar honadonimizga tinmay kelar edi. Onajon man turmush qurishni istamayman. Man “qanotsiz qushlar” kabi bo’lmayman. Man parvoz etishni istayman…

Onajonim sog’ bo’lsin. Mani gaplarim u kishiga ashula kabi kelar,hich eshitmas,yahshi nomzod kelsa “-Hilola qiz bolani yeri erini yoni” der edi.

Man o’qiyman,Yevropada o’qiyman.
Ering o’qitadi,o’qishingni davomini.

Man dunyo kezaman.
Ering kezdiradi dunyoni.

Man kitob yozaman,samalyotga chiqaman.
Ering bilan ketasan.

Yo Allohim,er degani olib bormaydikuu,o’qitmaydi,nafratlanaman turmushga chiqishdan.

Yig’lar edim. Shunaqangi chorasiz edimki. Allohdan so’rar edim,yo Robbim kelmasin sovchi.

(Rasmdagi 2014-2015 yillardagi man)

Davomini yoziymi,qiziqmi?)