Get Mystery Box with random crypto!

Hayot sizga Raqs taklif qiladi. Ammo Hayotda ham xarakteri bor | https://t.me/hilolaYussupovaa

Hayot sizga Raqs taklif qiladi. Ammo Hayotda ham xarakteri bor. Hayot sizga bir marta taklif beradi, ikki marta, uchinchi marta... Lekin siz har safar uni rad qilaversangiz, Hayot sizga boshqa qo'lini cho'zmay qo'yadi.

Chunki hayot sizni tayyor emas deb hisoblaydi. Vaqti kelmadi deb o'ylaydi. Va siz qurbonni ro'lini o'ynashingiz mumkin, Xudo adolatsiz deb o'ylashingiz mumkin, siz bilan sodir bo'layotgan barcha narsaga aybdorlarni topishingiz mumkin.

Ammo haqiqat shunda-ki, bir marta ko'zingizni yumib, eshita olsangiz... Barcha savollaringizga javoblarni eshitasiz. Bir narsani chin dilingizdan chiqazib so'rasangiz, shu zahotiyoq Borliqdan javob olasiz. Nima uchub? Chunki siz — ayolsiz.

Chunki ayol hayot nafasini eshitib yashaydi, uni yuragi esa shamollar va okean to'lqinlari bilan hamjihatlikda uradi. Chunki sizning qalbingiz butun sayyoraning qalbi bilan bog'liq. Sizning xohshingiz — qonun. Va Xudo sizni doim eshitadi.

Ammo biz doim ham buni esimizda tutmaymiz. Ko'pincha o'zimizning kuchimiz haqida esimizdan chiqazamiz va vaziyatlarga muammolar bilan bizni bosib qo'yishga yo'l beramiz. Imkoniyatlardan yopilamiz va hayot bizni raqsga taklif qilmay qo'yadi. U ham bizni eshigimizga taqillatishdan charchaydi.