Get Mystery Box with random crypto!

— Qanday qilib doim bunaqa energiyaga to'la bo'lish va hayotda | https://t.me/hilolaYussupovaa

Qanday qilib doim bunaqa energiyaga to'la bo'lish va hayotdan zavq olib yashashni uddalaysiz?
— Menmi?

— Ha, ha, siz. Siz doim kulib yurasiz, sizni doim a'lo kayfiyatda ko'ramiz. Soch turmagingiz esa... O'zingizga bir qarang! Siz hatto makiyajsiz ham zo'r ko'rinishdasiz. Siringizni ocha qoling endi...
— Ha, bir sirim bor. Meni raqsimda juda go'zal juftim bor. U meni har kuni raqs tushishga majbur qiladi.

Har kunimi?
— Ishonmaysiz. Har bir kuningiz — bu yorqin takrorlanmas raqs. Ba'zida kutilmagan, ba'zida energiyaga to'la, sho'x. Bu raqs sizga berayotgan baxtdan tanangiz to'liq o'yinga kirishadi.
Bunday juftni qayerdan toptingiz axir? Uni ismi nima?
— Bilasizmi, hamma uni harhil chaqiradi. Kimdur Taqdir deydi, kimdur Peshona... Lekin men uni Hayot deb bilaman! Qayerda tanishganim esa muhim emas. U bilan aloqani yoqotib qo'ymaslik muhim. Hohlaysizmi, sizni ham tanishtirib qo'yaman?

U bir vaqt o'zida men bilan ham, siz bilan ham raqsga tusha oladimi? Siz uni rashq qilmaysizmi?
— U hammaga yetadi. Axir hammada o'zini unikal Hayot bilan Raqsi bor.
Unda albatta hohlayman. Qachon? Tezroq tanishsak bo'ladimi?
— Bugun, soat 20:00. O'zingizni eng chiroyli ko'ylagizni kiying