Get Mystery Box with random crypto!

-Ba’zan esa o’zimni bahtsiz his qilaman. Ko’chada yomg’ir yo | https://t.me/hilolaYussupovaa

-Ba’zan esa o’zimni bahtsiz his qilaman.

Ko’chada yomg’ir yog’ardi,ancha bo’ldi bunday sel aralash yomg’irni ko’rmaganimga dedi ichida.

Ko’zlar yomg’irni kuzatishda davom etar va yana so’radi.

-Insonlar nega bahtsiz?

-Kelajak havotiri yoki o’tmish qayg’usi.

-So’nggi marotaba qachon bahtli edim eslolmayapman,bir necha yil oldin bahtliroqmiydim? Mmm… Esladim. Man bahtsiz va qo’shimchasiga yolg’iz ham edim…

-Qachon eng so’nggi marotaba bahtli eding?

-Eslolmadim.

-Eslolmadingmi? Yoki aytishni istamadingmi?

-Ba’zan musiqani baland qilib eshitaman,qalbimni ovozini eshitmaslik uchun. Ba’zan qochaman u bilan suhbatdan. Uni eshitishdan qo’rqaman go’yoki.

-Insoniyatning o’limdan so’ng eng katta ikkinchi qo’rquvi nima bilasanmi?
Bu hech narsa bo’lish,hech narsani his qilmaslik,hech kimga keraksizlik… Ba’lki shundan qochyapsan?

-Olov so’nmayapti,ichimda bir vulqon yonyapkandak.

-Ko’ryapman,his qilyapman vulqonni,ammo uni tashqariga chiqar.

-Qanday,ahir?

-Qalbingni eshit,qochma undan…


26.02