Get Mystery Box with random crypto!

Hilola,nega mani rashq qilmaysan? Bugun Burakga nonushta tayy | https://t.me/hilolaYussupovaa

Hilola,nega mani rashq qilmaysan?

Bugun Burakga nonushta tayyorlar ekanman,o’zimni 6 yil avvalgi Hilolani esladim.

Erimni telefonini titkilardim,urush chiqarar,nonushtani majburiylikdan tayyorlar kiyimlarini faqatgina uni hotini bo’lganim uchun dazmollar edim.

Keldi quchoqlab o’pdi. Qo’lini o’pib peshonamga qo’ydim. Qaradi ko’zlarimga,mehr to’la ko’zlar. Rahmat dedi.

-Nega,rahmat?

-Telefonimni titkilamayapsan,kechasi soat 3.00 da keldim uhlamasdan kutibsan,ertalab 6.00 da ishga ketishinga qaramasdan.

-Bu mani vazifam.

-Faqat vazifa bo’lgani uchunmi?

-)) kuldim

-Kiz,sen yoksa beni sevmiyormusun artik?

-Burak bu oila uyini qurginimcha qancha qiynaldim,sani tushungunimcha,bolalar bir ta’rafdan,o’qish,ish va eng qiyini bu oila qurilishi edi. Bu oila uyini qurishga qancha mehnatim ketdi, uni qizg’onishlar va kechasi nega kech keldinglar bilan bir g’ishtini ham buzmayman.


Shartsiz sevish,faqatgina borligi uchun sevish) bugun tushundim,man Burakni sevishni,shartsiz sevishni o’rganibman.