Get Mystery Box with random crypto!

Shuncha urunishlardan so'ng, jamoaning hamma a'zolarining isho | https://t.me/hilolaYussupovaa

Shuncha urunishlardan so'ng, jamoaning hamma a'zolarining ishonchi pasayishni boshladi. Maskning jamoasi dunyoda yo'q noyob va unikal texnologiyani ishlab chiqish uchun juda katta pul va kuch sarf qilayapti.

Agar ular buni uddalashsa, investorlardan juda ham katta pullar olishadi. Ammo yana bir martta o'xshamasa... kompaniyani yopishga to'g'ri keladi. Chunki bunday qimmatbaho eksperementlarni boshqa o'tkaza olishmaydi.

Va mana ularni oxirgi raketaning uchirilishining vaqti keldi. Hamma narsani hal qiladigan oxirgi imkoniyat. Butun jamoani ham, yangi texnologiyani ham taqdiri hal bo'ladi.

Uzoq vaqt oldin Xudoni unutgan va yopilib olgan bu bola. Bir paytlar yuragiga shisha qalpoq kiygan bu kichkina bola.... Uni oshkor qilishga qaror qiladi. U tiz cho'kib, Xudoga murojaat qiladi. Bu bola so'nggi imkoniyatidan foydalanishga qaror qiladi va Xudodan unga yordam berishini, uni va butun jamoani qo'llab-quvvatlashini so'raydi.

Ilon Musk bir intervyusida: "Men ateistman, lekin raketaning so'nggi uchirilishidan oldin tiz cho'kib duo qildim", dedi.

Ajablanarlisi shuki, oxirgi raketa uchadi... va muvaffaqiyatli qo'nadi. Bunga ishonish qiyin, lekin ha, shunday.