Get Mystery Box with random crypto!

Ishlab topkan pullarini Mask boshqa proyektni yaratishga sarfl | https://t.me/hilolaYussupovaa

Ishlab topkan pullarini Mask boshqa proyektni yaratishga sarflaydi. Va yangi proyektni X.com(PayPal) deb nomlaydi. Har bir inson pasportsiz hohlagan pul miqdorini boshqa insonga o'tkazishi mumkin bo'lishi uchun, bu proyektda u to'lov tizimini yo'lga qo'yadi. Va bu sayt 2000chi yillar boshida juda kerakli saytga aylanadi.

Bu proyektni ham sotib, u 180million $ ishlaydi. Va yoshligidagi orzusini amalga oshiradi — o'ziga zo'r sport mashinasini sotib oladi. Nixoyat, yaxshi yashashni boshlaydi. Lekin biroz vaqt o'tgach, yana 2ta proyektga pulini tikadi. U proyektlardan biri bo'lsa — kosmik texnologiyalar.

Ilon Mask jamoasi bilan yerga qayta qonadigan raketa yaratishga qaror qabul qilishadi. Bilasizmi, oddiy kosmosga yuboriladigan raketalar keyin shunchaki okeanga qulaydi va bu juda katta harajatlarga olib keladi.

Bir dona raketa 60million $ atrofida turadi va shuncha pulni har safar okeanga oqizib yuborishadi. Ammo bu raketalarni qayta yerga qondirishni o'rganishsa, juda katta pullarni saqlab qolsa bo'ladi. Va mana qarabsizki, u shu proyektga kirishadi.

Ular o'zini yangi texnologiyalarini ishlab chiqishadi va birinchi raketani uchirishadi. Afsuski, birinchi raketalarini qo'ndira olishmaydi va u portlaydi(2013). Vaqt otib, boshqa raketani chiqarishadi. Va u ham, afsuski, qulab, portlaydi.

Mana uchinchi martta raketani uchirish vaqti keldi. Jamoa sodir bo'lishi mumkin bo'lgan hamma hatoliklarni o'rganib chiqishdi. Hamma hisob-kitobni ignasigacha qilishdi. Mana raketa orbitaga chiqdi. Hammasi yaxshi ketayapti bu safar. Raketa kerakli nuqtaga qo'ndi, lekin yana qulab, portlaydi.

Ularga nimadir yetishmayapti...