Get Mystery Box with random crypto!

Tosh yoki porlayotkan yurak? Bilasizmi, siz kimdandir hafa bo | https://t.me/hilolaYussupovaa

Tosh yoki porlayotkan yurak?

Bilasizmi, siz kimdandir hafa bo'lib yurgan paytingiz, yuragingizda doim toshni olib yurasiz. Yuragingizda bir insonga bo'lsa ham, hafagarchilik bo'lsa, u yerda toza shartsiz sevgiga joy yo'q deb bekorga aytishmaydi.

Gap shundaki, dunyoni o'z qonunlari bor. Va ular doim ishlaydi. Bir hona bir vaqtni o'zida ham yorug', ham qorong'i bo'la olmaydi, to'g'rimi? Hona yoki qorong'i, yoki siz svetni yoqasiz.
Inson yuragi ham huddi shunday. Yuragingizda bir insonga bo'lsa ham hafagarchilik bo'lsa, yurakda toza sevgiga joy qolmaydi.

Ha, balki o'sha inson nafratingizga loyiqdir. Ha, balki u juda yomon ish qilgandir. Lekin buni nima ahamiyati bor, agar bu ishdan u emas, siz azob cheksangiz? Nima ahamiyati bor, agar u hursand bo'lib yaxshi yashasada, siz esa hali hamon bu yashashingizga halaqit berayotkan toshni yuragingizda saqlasangiz?

Ammo buni yechimi bor! Har dardni davosi bor. Har bir olgan tajribangizni kerakli, qimmatli, foydali bir narsaga aylantirsa bo'ladi. Brilliantga aylantirsa bo'ladi. Buning uchun ozgina o'z ustingizda ishlasangiz kifoya.