Get Mystery Box with random crypto!

Prezident maktablariga kirish imtihonlari 2-bosqichidan o'tolm | Hilola Umarova

Prezident maktablariga kirish imtihonlari 2-bosqichidan o'tolmagan iqtidorli o'quvchilar va ularning ota-onalari!

Farzandingiz Prezident maktablari 2-bosqich imtihonlaridan o’tolmadimi?..

Unda haliyam Agentligimiz tizimidagi maktablar o’quvchisi bo’lish imkoniyati mavjud!

Prezident maktablarining bu yilgi 2-bosqich imtihonlarida ishtirok etib, o'qishga kira olmagan talabgorlar o‘zlari ta'lim oladigan hududda tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablardan biriga o'qish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Bunda ular kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida IMTIHONSIZ mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

Buning uchun talabgorning
ota-onalari ixtisoslashtirilgan maktabga borishlari hamda maktab direktori nomiga o'qishga qabul qilishni so‘rab ariza bilan murojaat etishlari lozim.

Agar o’qish istagini bildirgan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan oshib ketsa, ustunlik 2-bosqich imtihonidan yuqori ball to'plagan talabgorga beriladi.

SHOSHILING
!

Arizalar joriy yilning 8-SENTABRGACHA (shu kuni ham) qabul qilinadi.