Get Mystery Box with random crypto!

Doʻstlar Sizni hayotdagi muvaffaqiyatingiz, qayerga qarab ket | Hikmatullayev Javokhir

Doʻstlar

Sizni hayotdagi muvaffaqiyatingiz, qayerga qarab ketayotganingiz kimlar bilan doʻst boʻlishingizga bogʻliq boʻladi. Siz qanday insonlar bilan doʻst boʻlsangiz ularning yaxshi-yomon odat, qiziqishlari albatta sizga taʼsir qiladi. Toʻqqizta chekadigan inson bilan yaqin doʻst boʻlishingiz sizga taʼsir qiladi va juda katta ehtimol bilan oʻninchisi siz boʻlasiz va bu yaxshi odatlik insonlar bilan ham shunday vaziyat boʻladi.

Hayotda eng katta erishgan yutugʻim yoki omadim bu yaxshi doʻstlar orttirganim deb ayta olaman. Chunki institutga ularga havas qilib tayinlanganman, IT sohasiga qiziqishimga ham shu doʻstlarim sababchi boʻlgan. Yur doʻstim namoz payti boʻldi masjidda oʻqiymiz deb namozga boshlagan ham shu doʻstlarim boʻladi. Sizlarga katta rahmat doʻstlarim, boringizga shukr Abdulaziz, Farruh, Mavlon, Abdulaziz, Bilol, Izzat, Sobirjon.

P. S. Doʻstim Mavlon tugʻilgan kuning bilan tabriklayman, oʻylagan barcha yaxshi niyatlaringga yetgin.