Get Mystery Box with random crypto!

Rossiyada koʻpchilik katta brendlar chiqib ketganidan xabaring | Hikmatullayev Javokhir

Rossiyada koʻpchilik katta brendlar chiqib ketganidan xabaringiz bor. Ularni oʻrnini alternativ mahsulotlar egallamoqda, ular koʻrinishidan xuddi oʻsha brend bilan bir xil faqat biroz nomi va biroz dizayni oʻzgargan. Ularni xuddi bizning ayrim “brend”larga oʻxshatish mumkin, masalan “Coca Cola” emas, “Fensi Cola” yoki “Snickers” emas “Snaykers” bu roʻyxatni uzoq davom etsa boʻladi.

Toʻgʻri odamlar ongsiz ravishda shu mahsulotlarni xarid qilishadi lekin ular hech qanday hissiyot-emotsiya olishmaydi, onglarida bari bir bu ikkilamchi arzon, sifatsiz, hech qanday qiymat bermaydigan mahsulot sifatida qolaveradi. Brendning insonlarga qanday qilib hissiyot orqali ongida qolishi qanday bo'lishini ana shu post orqali bilib olishingiz mumkin. Rossiyada yuzaga kelgan vaziyatdan ulardan boshqacha yechim kutgandim, chunki ularda hozir bozorda kuchli gigant brendlar qolmagan, oʻz brendlari bilan oʻzgacha emotsiya olib kirishlari mumkin, hozirdagidek boshqa brendning arzon koʻrinishi sifatida bozorda qolishsa, gigant brendlar bozorga qaytishi bilan ular oʻz oʻrinlarini yoʻqotishadi va odamlarning ham eslaridan chiqib ketadi, chunki ular brend sifatida toʻgʻri hissiyot berishmagan.

Bunday ahvol bizda juda ham koʻplab kuzatiladi. Hatto uncha katta brend boʻlib rivojlanmaganlardan ham, “copy+paste” qilishadi. To'g'ri hissiyot beradigan brendlar bor bizda ham lekin sanoqli.

Qisqasi "copy+paste" bilan ish bitmaydi eng yomoni shu axvolga tushiladi yoki odamlar fikrida uchinchi, to'rtinchi darajali mahsulot bo'lib qolaveradi.

#brend #muammo