Get Mystery Box with random crypto!

Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar. 'Al-Azkor'dan, al-faqih an- | Hikmat sahifasi

Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar. "Al-Azkor"dan, al-faqih an-Navaviy.
#hadis 10/30

Tamiym ad-Doriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Din xayrixohlikdir», deganlarida, sahobalar: «Kim uchun, ey Rasululloh?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, kitobiga, rasuliga va musulmonlar imomi hamda ommasiga», deb aytdilar.
Imom Muslim rivoyatlari.

(Allohga bo‘lgan xayrixohlik - Unga imon keltirib, aytganlarini qilib, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga bo‘lgan xayrixohlik - undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. Rasuliga bo‘lgan xayrixohlik - u olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga bo‘lgan xayrixohlik - ularga haq yo‘lda bo‘lsalar, ularga yordam berib, itoat qilish. Ommaga bo‘lgan xayrixohlik - amru-ma’ruf, nahiy-munkar qilib hamda aziyat bermaslik bilan bo‘ladi... - tarjima.)