Get Mystery Box with random crypto!

Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar. 'Al-Azkor'dan, al-faqih an- | Hikmat sahifasi

Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar. "Al-Azkor"dan, al-faqih an-Navaviy.
#hadis 8/30

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo marhamatlidir. Faqat marhamatli bo‘lganni qabul qiladi. Alloh taolo yuborgan payg‘ambarlariga buyurgan narsalarini mo‘minlarga ham buyuradi. Bu haqda Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qilgan: «(Yuborgan barcha payg‘ambarlarimizga shunday dedik): «Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar! Albatta Men qilayotgan amallaringizni bilguvchidirman» (Mo‘‘minun surasi, 51-oyat), «Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz - pokiza narsalardan yenglar» (Baqara surasi, 172-oyat). Bir kishi safarda uzoq yuradi. Sochlari to‘zib, kiyimlari changib ketadi. Va qo‘lini osmonga cho‘zib, «Ey Robbim, ey Robbim», deydi. Uning yeyayotgan taomi harom, ichayotgan ichimligi harom, kiyayotgan kiyimi harom hamda ozuqasi harom. Qayerdan uning (duolari) ijobat qilinsin?!» dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.