Get Mystery Box with random crypto!

Qalam seniki!Siyoxing xam bor!Alifni bitish uchun qog'ozing ha | Hikayem

Qalam seniki!Siyoxing xam bor!Alifni bitish uchun qog'ozing ham bor!
Qalam-irodangga yo'l ko'rsatuvchi aqling,siyoh-seni sen qilib turgan muhabbating,qog'oz esa ichida oshiq ham mashuq ham yashay oladigan qalbingdir.Aqling irodangga ega chiqib,o'zini muhabbatga bag'ishlasin va u muhabbatni yuragingga jo qilsin.Alif o'laroq joylasin.
Alifdek to'g'ri.Alifdek ilk.Alifdek tik.Avvalda faqat Uning sevgisi mavjud edi va oxirida xam Uning muhabbati qoladi.Afsuski,inson qalbini dunyoga asir qilib o'zligini bulg'amoqda.Xolbuki Alifdek sevish Allohdan boshqa yo'l yo'qligini tushunib yetishdir.Alif kabi sevishning asosiy qoidasi seni senga baxshida qilganga xar nafasda hurmat ko'rsatishdir.Ishq Allohga yo'naltirilib,senga Allohni eslatganni sevmoqdir.

"Alifdek sevmoq nafas"