Get Mystery Box with random crypto!

Dedim: 'Yormisan, yarami?' Dedi: 'Visol koʻzi-la boqarsan yor, | 𝐇𝐢𝐣𝐨𝐛𝐥𝐢𝐠𝐢𝐦.𝐬𝐚𝐧

Dedim: "Yormisan, yarami?"
Dedi: "Visol koʻzi-la boqarsan yor,
hasrat koʻzi-la boqarsan yara...
Sevarkansan boqma zararga, nafga! Ey yor! Xaltangda ne bor?"
Dedim: "Biroz qaygʻu, biroz vafo ham!.."
Dedi: "Qaygʻuni bizga qoldir, vafo senda qolsin."
Dedim: "Qaygʻuni tark etsam, vafosizlik boʻlur!"
Dedi: "Jafosi boʻlmagan vafo bizga yuk boʻlur!"
Dedim: "Kelaymi, ey yor?"
Dedi: "Kelsang sevgi tugar!
"Sen kel!" dedim... 
Kelsam visol tugar.."
Va qoʻshimcha qildi:
"Ishq – sevgilingning yoʻqligiga tolib boʻlmoqdir.."
Dedim: "Visol qachon?"
Dedi: "Hasratni visoldan afzal koʻrganlardanmen!"
Dedim: "Hasrat visol uchun chekilar!"
Dedi: "Manfaatsiz sevganlardanmen!.."

alamiy_uz

@Hijobligim_san Obuna boʻling!