Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Bismillahir roh | Hijob_Hikoyam

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Bismillahir rohmanir rohiym.
Ismim Shahrizoda, 17 yoshdaman. Alhamdulillah, hijobdaman..
Avvallari oilamizda hech kim namoz òqimasidi. Òzim ham..
Lekin namoz oʻqish niyatim bor edi.
Xullas meni dinga kirishimga sabab - maktabimizdagi bir solix yigit boʻlgan. Lekin notoʻgʻri tushunmelar, bu qizzi yigiti òrantirganakanda deb. Yoq, umuman unaqamas.. U bilan shu paytgacha gaplashmadik. Gaplashmimizam.. Chunki bu zinoligini, zinokorlar esa do‘zaxiyligini ikkimizam juda yaxshi bilamiz. Unga bòlgan muhabbatim meni diniy olamga boshladi. Rosayam dinga bo‘lgan qiziqishim ortdi. Xullas men ham 16 yoshimda namoz oʻqishni boshladim. Noyabr oylari edi. Keyin telefondan har xil ma'ruzalarni eshittim va musulmon ayolga hijob farz qilingan degan videoni koʻrib qoldim. Keyin men ham sochimni, avratlarimni hich kim koʻrmasligi kerak dedim-da, orqadan roʻmol oʻrab yurdim. Lekin dilimda bir kun kelib albatta hijoblanish niyati bori edi. Keyin ota-onamga òranishimni ettim. Ular konishmadi. Lekin baribir biroz vaqt oʻtib rozi bòlishdi. 14-fevral.... Kechasi soat 02:00... Men taxajjud namoziga turdim. Taxajjuddayam bugun òranish baxtini mengayam nasib etishini Allohdan soʻradim. Keyin yana Bomdod namoziga uygʻondim va Bomdoddan keyin Alhamdulillah òrandim
Rossa xursand edim.. Hattoki xursandligimdan yiğlab ham yubordim Alhamdulillah mengayam òranish baxti nasib etdi. Endi in shaa Alloh hijobimga mos soliha qiz boʻlaman, nomaxramlar bilan gaplashmiyman, qoʻl berib koʻrishmiyman va eng asosiysi iymonli, taqvodor qiz boʻlaman dib òzimga òzim soʻz berdim. Va maktabga bordim. Sinfdoshlarim menga hijob yarashganligini men ham hijobga yarashishimni etishdi. Rossa xursani edim. Hijobga kirganimda meni sinovlar kutishini bilgan edim. Lekin boshida maktabimizdagi rahbarlar ròmolimga indashmadi. Havolar isib hamma ochiqroq kiyinishni boshlaganida ròmolimiz sabab hamma òranganlarni rossa dilimizni oğritishdi. "Ròmolingni òrama maktabga mumkinmas" va shunga oʻxshash gaplarni gapirishdi. Meniyam rossa ota-onamga yomonlashdi. Keyin dadam ham "ròmolingni yechasan" didilar jaxllari chiqqanidan. Òsha kuni dadam meni rossa urishdilar. Men dadamdan shunaqangi xafa boʻldim menga etgan gaplaridan. "Agar ertaga maktabga ròmolingni òrab ketsang uydan haydiyman" didilar
Shu kuni kechasi bilan yiglab chiqdim. Va ertalab bòldi. Uydegilar hammasi ishga ketishdi. Òzim qoldim va maktabga baribir ròmolimni òrab kettim. Baribir ròmolimni yechmadim. Yechmiymana! Keyin orqadan òrab yurdim. Lekin kursga borganimda dadamdan yashirinib òranib borardim. Agar yoʻllarda dadamni koʻrib qosam darrov ròmolimni orqadan òravolardim. Ehhhhhhh... Lekin rossa qiynaldim ... Har kuni yigʻlardim. Allohim hijobimni òzing asra dib. Men ròmolimsiz umuman yasholmiyman. Hijobim hayotim mazmuni... Shu tarzda maktabni zòrğa tugattim.
Lekin yaqinda yana maktab boshlanadi. Yana òsha gaplar: "ròmolingni yòqot mumkinmas" va yana shu kabi gaplar boshlanadi... Men rossa qorqyapman, maktabimizdagi rahbarlar ròmolimni yechtirib yuborishlaridan. Lekin hijobim uchun bor kuchim bilan kurashaman. Hijobimni yechaman faqat o‘lganimdan kegin!
Sizlardan iltimos meni duo qilip turiylar, hijobimni asrab qoliy... Ehhhheee meni hali juda koʻp sinovlar kutib turibdi. In shaa Alloh shu sinovlardan òtvosam marra meniki. Men hijobimni Alloh uchun òraganman. Qandeydir bir bandasi uchun yechmiyman
Meni hali yorug‘ kunlar kutib turibdi in shaa Alloh. Usha kunlarga erishish uchun sabr qilaman. Usha men haliyam jimgina, sabr bilan kutayotgan insonim bilan birga bòlishlik menga nasib etsin in shaa Alloh Silayam duo qip turilar iltimos Kanalda òqishga topshirgan solixa opa singillarimga omad tiliman. In shaa Alloh talaba boʻlishlik barchamizga nasib etsin
Silarni doimo duo qilaman. Silayam meni duo qip turilar iltimos Hammelaga rahmat meni shu hikoyamni erinmasdan òqiganila uchun. Ketqizgan vaqtilaga rozi bòlila Allohga omonatsila
Fiy amanillah

@hijob_hikoyam