Get Mystery Box with random crypto!

Duo va hijoma sehrni davolashda katta quroldir. Sehr joduni t | ХИЖАМА ВА ЗУЛУК КЛИНИКАСИ

Duo va hijoma sehrni davolashda katta quroldir.

Sehr joduni topib, yo'q qilish - sehrdan qutulishning eng samarali usuli xisoblanadi.
Rosululloh sallolohu alayhi vassallamdan kelgan sahih xabarda u zot Allohdan bu haqda yechim so‘radilar va Alloh u kishiga sehrning joyini ko‘rsatdi. Sehr qilingan narsa quduqning tubida edi. Quduqdan sehr chiqarib yechilganida, tanadan ham jodu ketdi.

Tananing qaysi joyiga sehr ta'sir qilayotgan bo‘lsa, o‘sha yerdan hijoma qilish kerak. Shunda hijoma to'g'ri joydan qilingan deyish mumkin. Buning uchu avvalambor chin qalbdan Allohga yolvorish, faqat ugina yordam bera olishini anglab yetish va undan umid qilib duo qilish zarur.

Duo qilgach, Qur'on oyatlari o'qiladi yoki tinglanadi. (Masalan mana bu kanaldagi ruqiyalarni @shariy_ruqiya_mp3) Muolaja davomida Alloh o'zing sehrni fosh qilgin deb qalbdan iltijo qilinadi. Tanada og'riq, qizish, jimirlash va boshqa hissiyotlar eslab qolinadi. Ko'zni yumib, ko'z oldiga ko'rinishlarni eslab qolinadi. Balki Alloh shular orqali sizga yo'l ko'rsatar? Tanadagi bezovta joylar hijoma o'rinlari bo'ladi va tajribaga ko'ra sehr aynan shu joylarda yashiringan bo'lib chiqadi.

Sehr yedirlgan/ichirilgan bo‘lsa ovqat yo'llarida - oshqozonda yo ichaklarda o‘tirib qoladi. Agar u oshqozonda bo‘lsa qayt qilmoq zarur. Agar ichaklarda bo‘lsa sano ichiladi. Aks xolda, sehr xazm bo‘lishi va qon orqali butun tanaga tarqashi mumkin. Bunday sehrni tanadan chiqarishning eng yaxshi usuli hijomadir.

Nabiy sallolohu alayhi vassallam boshlaridan hijoma qildirar edilar. Agar to‘g‘ri qilinsa bu eng yaxshi davolash uslubidir.

Xulosa shuki, sehrning har qanday turida hijoma zarurdur. Rasululloh Allohdan yechim so‘raganlar va Alloh tushlarida ayon qilgan. Musulmon odam ham Allohdan sehrning joyini bildirilishini va yechim berishini duoda so‘rashi zarur.

Obuna bo'ling
@Hijama_Klinika