Get Mystery Box with random crypto!

Ey birodarim, bilib qo‘yki, Alloh, o‘zining Qur’onida g‘iybatn | HIJABLY | Rasmiy ! 🤍

Ey birodarim, bilib qo‘yki, Alloh, o‘zining Qur’onida g‘iybatning yomonligi haqida keskin aytib, g‘iybat qilganni o‘likning etini yeganga o‘xshatgandir. Alloh O‘z kalomida shunday marhamat qiladi:
“Ey mo‘minlar, ko‘p gumonlardan chetlaninglar! Chunki ayrim gumonlar gunohdir! Bir-biringizning ayblaringizni kavlashtirmang va ayrimlaringiz ham ayrimlarni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biron kishi o‘zining o‘lgan birodarlarining go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi?! Ana, yomon ko‘rdingizmi?! (Bas, gunohi bundanda ortiq bo‘lgan g‘iybatni ham yomon ko‘ringiz!) Allohdan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh tavbalarni qabul qilguvchi, mehribondir”
("Hujurot" surasi, 12-oyat).

@hijabim1