Get Mystery Box with random crypto!

Imtihonlardan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar va o | Germany | Khurshid's blog

Imtihonlardan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar va o‘qishni xorijiy davlatlardan davlat OTMlariga ko‘chiruvchi talabalar o'z hohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.

Super-kontraktning miqdori quyidagicha:

Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball va undan ortiq ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazavy kontraktning 8 barobardan 20 barobargacha belgilanishi mumkin.

Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plagan bo‘lsa yuqorida keltirib o‘tilgan tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar etib belgilangan bo'lsa, 56.6dan kam to'plagan abituriyent 20 barobar to'laydi.

Oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil oʻtish ballari...