Get Mystery Box with random crypto!

Online darslar bizda nega haliyam qabul qilinishi qiyin boʻlay | Germany | Khurshid's blog

Online darslar bizda nega haliyam qabul qilinishi qiyin boʻlayabdi?

Oʻzim ishlaydigan joy Dizipro online taʼlim tizimida ishlagani uchun anchadan beri kuzatuv oʻtkazdim. Undan tashqari 1 yil davomida 10dan ortiq joyda online va offline taʼlim olib koʻrib shuni angladimki, odamlar uchun, anqrogʻi bizni xalqimizga javobgar odam kerak!

Soddaroq qilaman. Offline oʻquv markazi borishsa pul toʻlash tizimi yoki oʻqishga qabul jarayonlarida ularga yordam beradigan masʼul xodimlar boʻlishadi. Lekin koʻp online darsliklar uchun oʻzingiz harakat qilib, pul oʻtkazishingiz va darsliklarni olishingiz kerak. Muammo shu yerdan boshlanadi!

Aksariyatimiz bizdan talab qilishmasa oʻqimaydigan dars qilmaydigan, qilganda ham ustoz uchun qiladigan boʻlib qolganmiz. Darslarni nazorat qilib turishmasa oʻqimay qoʻyamiz. Nima uchun unaqa? Inson oʻzini-oʻzi nazorat qilolmas ekan, qanday qilib unda kelajakdan umid qilish mumkin? Ayniqsa oʻgʻil bollar. Bitta darsni koʻrish uchun, bitta joyda oʻtirib dars qilish uchun oʻzini nazorat qilisholmayabdiyu, qanday qilib bir qizga uylanib uni baxtli qilish uyoqda tursin, oilasini qanday eplaydi?

Oddiy bitta darslik! Shunchaki oʻtir, kompyuterni yoq va oʻqib oʻrgan. Eng kechi bilan 1 yilda hammasini oʻrganib qoʻlingdan ish kelish tugul, pul ham topishni boshlaysan. Shunchaki qilish kerak boʻldi!

Bir narsani tushunish kerak inson. Shu bilim aslida kimga kerak? Bizgami yoki ustozga? Yoki oʻquv markazdagilar uchunmi? Toki shuni anglab yetmas ekan, Ilon Maskmi? Stiv Jobs farqi yoʻq, kim dars oʻtsa ham oʻrgatsa ham umuman foydasi yoʻq!

P.S. Eng alamlisini aytaymi? Shunaqa dangasalik qilib, oʻzi bir ishni qotirmaydi-da, yana internetda trollik qilib, yozgan maqolangdagi xatodan tortib yurish turishingacha xato qidiradi.

@shohijahon_dadaboyev