Get Mystery Box with random crypto!

Umid. Sen tugadim deysan, ammo qalbing qandaydir yordam kuta | HEYALIM 🌼 | Ибрат бекати 🌙

Umid.

Sen tugadim deysan, ammo qalbing qandaydir yordam kutadi. O‘sha bir kun, U tomonidan nusrat keladi. So‘zlolmaysan, qochib ham, ketolmaysan, ammo, umid qilishdan ham to‘xtamaysan. Barini umid ila kutasan.

Tasavvur qil, hamma yerni qor qoplagan, kun sovuq. Ammo qahraton qishda ham gul ochilmoqda, u gulni Robbing nima uchun yaratgan deb o‘ylaysan? Sening hayotingda nima bo‘lsa ham, umiding so‘nmasin deya... Qishdan so‘ng bahor, tundan keyin kun keladi gulim!

Yetarki sen, qo‘llaringni umid ila duoga ochmoqdan, Unga ishonmoqdan to‘xtama.

Robbisiga ishongan qalblarning umidlari aslo so‘nmaydi.

@heyalim