Get Mystery Box with random crypto!

TINCHLIK MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TARMOGʻI QURILIB, QO‘SHIMCHA | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

TINCHLIK MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TARMOGʻI QURILIB, QO‘SHIMCHA TRANSFORMATOR PUNKTI O‘RNATILDI

"Tinchlik" mahallasida istiqomat qiluvchi iste’molchilar Yangi Namangan tumanida joylashgan 110/10 kVli "Oromgoh" nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli "Guldasta" elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr ta’minotiga ega.

Mazkur mahalla fuqarolar yig‘iniga 2022 yil dasturiga asosan mavjud 160 kVA bo‘lgan transformator o‘rniga, quvvati 250 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, "Tinchlik" mahallasi "Oromgox" ko‘chasiga yangi 1,2 km masofaga SIP kabellarini tortish uchun 45 dona temir-beton tayanchlar tiklandi. Qo‘shimcha quvvati 250 kVA bo‘lgan transformator punkti o‘rnatildi.

Bu haqda batafsil M5 telekanalining HUDUD informatsion dasturi orqali tanishing.

"Namangan HETK" matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram