Get Mystery Box with random crypto!

#no_comment Mamlakatimizning ayrim tumanlari, ayniqsa tog‘li | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#no_comment

Mamlakatimizning ayrim tumanlari, ayniqsa tog‘li hududlarida ayni damda qish faslining qorli-qirovli kunlari hukmronlik qilmoqda. Shunday pallada elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlarining mas’uliyati har qachongidan ortadi. Chunki, elektr iste’molining ortishi va tarmoqlarda qо‘shimcha yuklama, qisqa tutashuv kabi turli avariya holatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish talab etiladi.

Xususan, Sariosiyo tumanining olis "Chosh" qishlog‘i hududidagi havo elektr uzatish tarmoqlarida sodir bо‘ladigan avariyaviy uzilishlarni bartaraf etish uchun qish faslida maxsus texnikalarda harakatlanishning sira imkoni yо‘q.

Shunga qaramay, "Surxondaryo HETK" AJ xodimlari aholi, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini usluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida kunu tun mehnat qilishmoqda.

"Surxondaryo HETK" AJ matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram