Get Mystery Box with random crypto!

ELEKTR ENERGIYASI ISTE'MOLCHILARI DIQQATIGA! O‘zbekiston Resp | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

ELEKTR ENERGIYASI ISTE'MOLCHILARI DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021 yil 24 dekabrdagi 38-10/1399 sonli xatiga asosan, Markaziy bank Hisob-kitoblar Kliring tizimi (MUNIS) ma'lumotlar bazasini yangi serverga o‘tkazish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2022 yil 1 yanvar kuni soat 00.00 dan soat 18.00 gacha Kliring tizimi bilan ma'lumot almashinuvi vaqtincha to‘xtatilishi (to‘lovlar qayta ishlanmasligi) haqida ogohlantiradi.

O‘z navbatida, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste'molchilarini bayram kunlari qarzdorlik tufayli xonadonlarida elektr energiyasida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini yana bir bor eslatib o‘tadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram