Get Mystery Box with random crypto!

Kosonsoy tumanida bir vaqtni o‘zida 5 dona transformatorlar o‘ | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Kosonsoy tumanida bir vaqtni o‘zida 5 dona transformatorlar o‘rnatildi

Kosonsoy tuman Bog‘ ko‘cha mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan quvvati 315 kVA bo‘lgan 684-sonli transformator punkti yuklama bilan ishlab kelayotgan edi. Shu sabab quvvati 630 kVA bo‘lgan transformatorga almashtirildi.

Shuningdek,
- Zamondosh mahallasidagi 524-sonli quvvati 400 kVA bo‘lgan transformator punkti 630 kVAga;

- Chorbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 178-sonli quvvati 400 kVA bo‘lgan transformator punkti 630 kVAlisiga almashtirildi;

- Uzunqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 825-sonli quvvati 100 kVA bo‘lgan transformator o‘rniga quvvati 400 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti o‘rnatildi;

- Soy bo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 285-sonli quvvati 100 kVA bo‘lgan transformator punktini yukini yangillash maqsadida quvvati 630 kVA bo‘lgan transformator punkti o‘rnatildi.

“Namangan HETK” AJ matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram