Get Mystery Box with random crypto!

Chust tumani “Tepaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Chust tumani “Tepaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi aholi iste'molchilari, tumandagi 110/10 kVli “Sho‘raqo‘rg‘on” nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Tepaqo‘rg‘on” tarmog‘iga ulangan, 250 kVA quvvatga ega transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadilar.

Tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda mahalladagi 1372-sonli transformator yukini kamaytirish uchun qo'shimcha 250 kVA quvvatga ega transformator punkti olib kelindi hamda 0,4-10 kvli 2 km masofaga tarmoq tortish ishlari bajarildi.

Jarayon tafsilotlari Sevimli telekanalining "Zamon" informatsion dasturida.

"Namangan HETK" AJ matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram