Get Mystery Box with random crypto!

Ayni kunlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy f | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Ayni kunlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan aholini elektr energiyasini yaxshilash uchun joylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bir qatorda qurilish ishlari ham bosqichma bosqich olib borilmoqda.

Xususan Paxtaobod tumanining “Uchqo’rg’on” MFY hududiga quvvati 250 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatilib, 700 m uzunlikdagi yangi tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, “Yangi chek” MFY hududiga ham yangi transformator punkti o’rnatildi va tarmoq tortish ishlari ilg’orlik bilan davom ettirilmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz