Get Mystery Box with random crypto!

NUROBOD VA ITTIFOQ MAHALLALARIDA TARMOQLAR YANGILANMOQDA Iste | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

NUROBOD VA ITTIFOQ MAHALLALARIDA TARMOQLAR YANGILANMOQDA

Isteʼmolchilarning energiya resurslariga oʻsib borayotgan talabini taʼminlash va elektr tarmoqlarining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida, Sayxunobod tumanidagi mahallalarda mavjud transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish boʻyicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan Sayxunobod tumani "Nurobod" va "Ittifoq" mahallalarida 151 dona 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmog`idagi eskirgan sim yogʻochlar oʻrniga, yangi temir-beton ustunlari oʻrnatilib, zamonaviy 5 km 700 metr masofada SIP tortish ishlari olib borildi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz