Get Mystery Box with random crypto!

KUCH TRANSFORMATORLARI MUKAMMAL TA'MIRLANMOQDA 'Hududiy elekt | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

KUCH TRANSFORMATORLARI MUKAMMAL TA'MIRLANMOQDA

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJning hududiy filallari hamda korxonalari tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik kо‘rish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xorazm hududiy filiali tomondan Urganch shahrida joylashgan 110/6 kV "G'arbiy" podstansiyasida mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ta'mirlash ishlari davomida mutaxassis xodimlar tomonidan "G'arbiy" podstansiyasidagi mavjud 16 000 kVAli T-2 kuch transformatoridagi aniqlangan barcha kamchiliklar to'liq bartaraf etilib,
maxsus qurilmalar orqali sinovdan o'tkazildi.

Mukammal ta'mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining oshishi, kelib chiqishi mumkin bo’lgan yirik avariyali uzilishlarni oldi olinishi hamda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

Mukammal ta’mirlash ishlari barcha hududiy korxonalar tomonidan davom etmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz