Get Mystery Box with random crypto!

Izboskan tumanining “Beshterak” MFY hududini elektr energiyasi | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Izboskan tumanining “Beshterak” MFY hududini elektr energiyasi sifatini yaxshilash uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali Izboskan tuman elektr ta’minoti tomonidan bir qancha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, mahallaga jami 60 dona temir-beton tayanchlar hamda 2 dona transformator punkti o’rnatilib ishga tushirildi. Shuningdek, uzunligi 1,6 km bo’lgan yangi tarmoq tortildi, natijada 120 dan ortiq aholi – xonadonlarining elektr energiyasi sifati yaxshilanishiga erishildi.

Jarayonlar bilan “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturi xabar beradi.