Get Mystery Box with random crypto!

Ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlarga yangi qaro | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlarga yangi qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi

Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" АJ  hamkorligida "Elektr energiyasi sotishni avtomatlashtirish Markazi" filialida OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Tadbir davomida Markaz rahbariyati va mutaxassislari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori mazmun-mohiyati va kelgusida erishiladigan natijalar haqida  press-tur ishtirokchilariga ma'lumotlar berildi.

Xususan, joriy yilning  1-may kunidan aholi istemolchilari uchun amaliyotga tatbiq etilayotgan  yangi tariflarning elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EEHO va NQAT) orqali hisoblanishi haqida batafsil to'xtalib o‘tildi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz