Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! “Hududiy elektr t | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan bayram kunlari iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida barcha choralar kо‘rilmoqda.

Ayni paytda hududlarda favqulodda avariya holatlarini tezkor bartaraf etish maqsadida 6 300 dan ortiq xodimdan iborat 1 429 ta tunu-kun faoliyat yuritadigan avariyaviy brigadalari navbatchiligi tashkil etilgan bо‘lib, ularga maxsus avto va texnikalar biriktirilgan.

Shu bilan bir qatorda Iste'molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ rahbariyati, muhandis va texnik xodimlari 24 soatlik navbatchilik asosida ish faoliyati olib borilmoqda.

Hurmatli iste’molchilar! Dam olish va bayram kunlari mobaynida elektr energiyasi qandaydir muammolar yuzaga kelsa 1154 qisqa raqami yoki “Telegram”dagi @het_admin administratorga murojaat qilishingiz mumkinligini yana bir karra eslatib о‘tamiz.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter | het.uz