Get Mystery Box with random crypto!

#Amal_qiling Yong‘in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#Amal_qiling

Yong‘in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas’ul bо‘lgan shaxs tomonidan buzilishi badanga о‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bо‘lsa, quyidagi jazo choralaridan biri qо‘llanilishiga sabab bо‘ladi:

BHMning 25 baravaridan 50 miqdorda (8 mln 250 ming sо‘mdan 16 mln 500 ming sо‘mgacha) jarima solish;

5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;

2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;

3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Agarda mazkur qilmish:

odam о‘lishiga;

boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bо‘lsa:

muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter