Get Mystery Box with random crypto!

АMАLIY OʼQUV-MАSHGʼULOTI TАSHKIL ETILDI Karmana tumani elektr | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

АMАLIY OʼQUV-MАSHGʼULOTI TАSHKIL ETILDI

Karmana tumani elektr taʼminoti oʼquv mashgʼulot poligonida Navoiy shahar hamda Karmana TET ekspluatatsiya xodimlari uchun “Xavfsizlik texnikasi” koʼrik oyligi doirasida oʼquv va amaliy mashgʼulotlar tashkil etildi.

Ikki bosqichda o'tkazilgan oʼquv mashgʼulotlarida xodimlar transformator punktida kuygan 10 kVli saqlagichni almashtirish va kuchlanish ostiga tushgan xodimni qutqarish boʼyicha tayyorgarlik asoslarini namoyish etdilar. Shuningdek, dasturga muvofiq ishni tashkil qilish, xavfsiz ish bajarish, ish joylarini toʼgʼri tayyorlash, himoya vositalaridan toʼgʼri foydalanishning nazariy jihatlari, ish tashkil etishda uning asosiy qism va mexanizmlari haqida bilimlarini mustahkamlashdi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" АJ
Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter