Get Mystery Box with random crypto!

ASAKANING “SHO'RQISHLOQ' MAHALLASIDA ISHLAR QIZG’IN “Hududiy | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

ASAKANING “SHO'RQISHLOQ" MAHALLASIDA ISHLAR QIZG’IN

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali xodimlari tomonidan Asaka tumanining "Sho'rqishloq" MFY tarkibidagi Beshgul, Sho'rtojik, va O'rtaqishloq ko'chalarida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari boshlab yuborilgan bo’lib, shu kunga qadar ushbu ko'chalarga 129 dona temir-beton tayanchlar olib kelib o'rnatildi.

Hozirda, 6000 metr uzunlikdagi SIP kabel havo tarmog'i tortish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, 2 dona quvvat 250 kVA va 160 kVA bo’lgan transformator punkti o'rnatildi. Ushbu transformator ishga tushirilgandan so’ng 300 dan ortiq aholi xonadonlari elektr ta'minoti yaxshilanishi ko’zda tutilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter