Get Mystery Box with random crypto!

“YANGI BO’STON” MAHALLASIGA YANGI TARMOQ TORTILMOQDA Qo'rg'on | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“YANGI BO’STON” MAHALLASIGA YANGI TARMOQ TORTILMOQDA

Qo'rg'ontepa tumanining "Yangi Bo'ston" mahallasida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 670-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Yangi ariq ko'chasiga o'tgan vaqt mobaynida 31 dona temir-beton tayanchlar olib kelib o'rnatildi, 200 metr uzunlikdagi yuqori kuchlanishli 10 kV havo tarmog'i tortish ishlari yakunlandi.

Hozirda ushbu hududga 1 dona quvvati 160 kVA bo'lgan transformator punkti o'rnatish hamda 900 metr uzunlikda 0,4 kV SIP kabel havo tarmog'i tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter